../futbol/imagefutbol/20230125_124603_.jpg

APL tarixidagi eng qimmat qishki transferlar

Peshqadam – "CHelsi"ga yangi kelgan futbolchi.

Four Four Two Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat qishki transferlar ro'yxatini tuzib chiqdi. Reyting etakchisi atigi bir hafta oldin "SHaxtyor"dan "CHelsi"ga o'tgan Mixail Mudrik bo'ldi. Transfer summasi bonuslar bilan birga 88 mln funtni tashkil etdi.

Ikkinchi o'rin Virjil van Deykka nasib etdi, uning uchun "Liverpul" "Sautgempton"ga 74 mln funt to'lagan. "Atletik"dan "Manchester Siti"ga 57 mln evaziga o'tgan Emerik Lyaport kuchli uchlikka yakun yasadi.

APL tarixidagi eng qimmat qishki transferlar (TOP-10):

1. Mixail Mudrik – "SHaxtyor"dan "CHelsi"ga (88 mln funt);

2. Virjil van Deyk – "Sautgempton"dan "Liverpul"ga (74 mln funt);

3. Emerik Lyaport – "Atletik"dan "Manchester Siti"ga (57 mln funt);

4. Kristian Pulishich – "Borussiya" Dortmunddan "CHelsi"ga (56 mln funt);

5. Per-Emerik Obameyang – "Borussiya" Dortmunddan "Arsenal"ga (55 mln funt);

6. Brunu Fernandesh – "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga (54 mln funt);

7. Luis Dias – "Portu"dan "Liverpul"ga (52 mln funt);

8. Fernando Torres – "Liverpul"dan "CHelsi"ga (50 mln funt);

9. Bruno Gimaraynsh – "Lion"dan "Nyukasl"ga (40 mln funt);

10. Xuan Mata – "CHelsi"dan "Manchester Yunayted"ga (37,1 mln funt).