• Bosh sahifa
  • Futbol
  • SHomurodov Bundesligaga yo'l olib, Azmun bilan bir jamoada o'ynashi mumkin
../futbol/imagefutbol/20230124_174603_.jpg

SHomurodov Bundesligaga yo'l olib, Azmun bilan bir jamoada o'ynashi mumkin

"Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov Italiya A Seriyasidan Germaniya Bundesligasi tomon jo'nash ehtimoli bor.

Jurnalist Nikolo Skiraga malum bo'lishicha, hujumchiga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqish bildirmoqda. Agar termamiz sardori Leverkuzen jamoasiga o'tsa, u erda Eron terma jamoasi forvardi Serdar Azmun bilan birga to'p tepadi.

Insayderning qayd etishicha, Rim klubi SHomurodov uchun taxminan 13-14 million evro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.

Eldor "Roma"ga 2021 yilning yozida borib qo'shilgan. 2022/2023 yilgi mavsumda hujumchi 9 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 27 yoshli hujumchining "Roma" bilan kelishuvi 2026 yilda yakuniga etadi.