../futbol/imagefutbol/20230123_134603_.jpg

Mourinyu tasdiqladi

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarim himoyachi Nikolo Zanoloning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Nikolo Zanolo klubni tark etmoqchi. U transferga ariza berdi. Biroq bu sodir bo'lishiga ishonchim komil emas. Takliflar juda kam. O'ylaymanki, u jamoada qoladi", – dedi murabbiy.

Avvalroq 23 yoshli xavbek 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi.

Zanolo joriy mavsum 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq Rim klubi Zanologa o'rinbosar topgani aytilgan edi.