../futbol/imagefutbol/20230122_192302_.jpg

UEFA "Yuventus"ni evrokuboklardan chetlatishi mumkin

UEFA kelajakda "Yuventus"ni evrokuboklardan chetlatishi ehtimoli katta.

Bir necha kun avval A Seriyada "Yuventsu"dan 15 ochko olib tashlandi. Bunga sabab klubdagi moliyaviy firibgarliklardir.

Malumotlarga ko'ra, UEFA futbolchilarga maosh to'lashdagi firibgarliklar uchun "Yuventsu"ni evrokuboklardan chetlatishi mumkin ekan. Biroq bu qoidabuzarliklar isbotlanishi zarur. UEFA jamoadagi moliyaviy vaziyatni ko'rib chiqishga kirishgan.

2021 yilda "Yuventus" moliyviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun 3,5 mln. evro jarima to'lagan edi. Agar "Yuve" yaqin uch yillikda boshqa moliyaviy qoidabuzarliklar qayd etgan bo'lsa jarima 23 mln. evrogacha etadi.

"Yuventus" evrokuboklarga yo'llanma olsagina ushbu "ban" kuchga kiradi. Agar "Yuve" A Seriyada TOP-7ga kira olmasa, ushbu jazo "keksa sinora" evrokubokda ishtirok etishga "chipta" olgandagina amal qiladi.