../futbol/imagefutbol/20230120_170005_.jpg

Eshitdik-da! "Bunyodkor" "Paxtakor" sobiq ustoziga qiziqmoqda

"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Piter Xyuistra "qaldirg'ochlar" ustoziga aylanishi mumkin.

Bizga etib kelgan malumotlarga qaraganda, "Bunyodkor" niderlandiyalik mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Alohida aytish joiz, Piter 2018-2020 yillarda gruziyalik murabbiy SHota Arveladzening assistenti vazifasini bajargan, so'ngra u ketgach, bosh murabbiy lavozimida faoliyat yuritgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" ayni paytda Ivan Boshkovich bilan amaldagi shartnomaga ega.