../futbol/imagefutbol/20230119_144602_.jpg

Navasga "Al-Nassr" qiziq emas

Keylor Navas "Al-Nassr"ga o'tmoqchi emas.

Oldinroq, PSJning 36 yoshli posboniga Saudiya Arabistoni klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Malumotlarga ko'ra, Navas faoliyatini Evropaning kuchli beshlik ligalaridan birida davom ettirmoqchi, chunki o'zining yuqori darajada o'ynay olishiga ishonmoqda.

Navasning PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.