../futbol/imagefutbol/20230116_194603_.jpg

"Al Nassr" endi Benzemaga ko'z tikdi

Saudiya Arabistoni klubi tarkibini kuchaytirish ishlarini to'xtatmayapti.

Manbaning xabariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu ortidan uning sobiq jamoadoshi Karim Benzema Saudiya Arabistoniga taklif etildi.

Osiyo vakilining jiddiy qiziqishiga qaramay, franciyalik forvard Ispaniyani tark etish niyatida emas va taklifni rad etishi kutilmoqda.

Allaqachon portugaliyalik yulduz bilan katta bitim tuzgan "Al Nassr" transferlar bozorida ko'proq marralarni ko'zlamoqda. Klub avvalroq PSJ himoyachisi Serxio Ramos, "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets va Benzemaning Madrid klubidagi jamoadoshi Luka Modrichga og'iz solgan edi.

Biroq Benzemani qo'lga kiritishga bo'lgan har qanday urinish befoyda ko'rinadi. 2022 yilda "Oltin to'p" sovrini sohibiga aylangan hujumchi 2009 yilda "qirollik klubi" aozosiga aylanganidan buyon amaldagi Ispaniya La Ligasi va Evropa CHempionlar Ligasi g'olibiga juda bog'lanib qolgan. U futbolchilik faoliyatini poytaxt klubida yakunlamoqchi.

35 yoshli futbolchi "Real" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirib, 2024 yilning yoziga qadar jamoada qoladigan bo'ldi. Tomonlar shartnoma shartlari borasida kelishib bo'lishgan. Yaqin kunlarda yangi bitim rasman imzolanadi.

Karim Benzema joriy mavsum "Real" uchun 15 ta o'yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urib, 1 ta assist qayd etdi. Forvard jarohati tufayli Qatarda bo'lib o'tgan mundialni o'tkazib yubordi.