• Bosh sahifa
  • Futbol
  • Argentina bugun g'olib bo'lsa, futbolchilar bir ishga qo'l urishadi. Ular bunga kelishib olishdi
../futbol/imagefutbol/20221218_112302_.jpg

Argentina bugun g'olib bo'lsa, futbolchilar bir ishga qo'l urishadi. Ular bunga kelishib olishdi

Bugun, 18 dekabr kuni JCH-2022 finalidan o'rin olgan Argentina – Franciya bahsi bo'lib o'tadi.

Argentinaliklar himoyachisi Lisandro Martines terma jamoa mundial g'olibi bo'lsa, futbolchilar esdalik sifatida tatuirovka chizdirishga kelishib olishgani haqida aytdi.

“Kechki ovqat vaqtida agar hammasi yaxshi bo'lsa, ushbu tarixiy natijaga atab tatuirovka chizdirishni xohlaymiz deb kelishib oldik. Vada berdik. Tatuirovka qanday bo'lishini hali hal qilmadik, bu borada bahslar davom etdi. Kimdir JCH kubogini, kimdir sana yoki arab tilida yozilgan biror so'zni xohladi, turli g'oyalar bor edi”, deydi Martines.