• Bosh sahifa
  • Futbol
  • Ruud jahon chempionati finalida qaysi jamoalarni ko'rishni istashini aytdi
../futbol/imagefutbol/20221204_092303_.jpg

Ruud jahon chempionati finalida qaysi jamoalarni ko'rishni istashini aytdi

Dunyoning uchinchi raketkasi Kasper Ruud Qatardagi jahon chempionati finalida qaysi jamoalarni ko'rishni xohlashini aytdi.

"Finalda Portugaliya va Argentina terma jamoalari o'ynashini istardim", - deb yozadi Ruud Twitter sahifasida.

Izohda ko'pchilik uning fikriga qo'shilmagan. Obunalardan biri izohda: "Messi ham, Ronaldu ham finalda... Bilmadim", deb yozib qoldirgan.

Ruud esa bunga: "Nega odamlar o'zini shunday finalni ko'rishni xohlamaydigan qilib ko'rsatishadi?" deb javob qaytargan. Qayt etish kerak, u xabarga echki emojisini qoldirgan. 

Ingliz tilida echki — goat, qisqartmasi G.O.A.T. barcha davrlarning eng buyuk o'yinchisi degan manoni anglatadi.