• Bosh sahifa
  • Futbol
  • JCH-2022. Niderlandiya AQSHni mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi
../futbol/imagefutbol/20221203_220002_.jpg

JCH-2022. Niderlandiya AQSHni mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi

JCH-2022 1/8 finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv yakunlandi.

Pley-off bosqichining birinchi o'yinida Niderlandiya AQSHni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi. Niderlandiyaliklarning chorak finaldagi raqibi bugun 00:00da boshlanadigan Argentina Avstraliya o'yinidan so'ng aniq bo'ladi.


Niderlandiya – AQSH 3:1 

3 dekabr, 20.00, «Halifa» stadioni 

Gollar: 1:0 – 10 Depay, 2:0 – 45 Blind, 2:1 – 76 Rayt, 3:1 – 81 Dumfris.

Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake (de Ligt, 90), Timber, Blind, de Ron (Bergveyn, 46), Klassen (Kopmeyners, 46), de Yong, Vegorst, Depay (Simons, 83), Gakpo.

AQSH – Terner, Dest (Yedlin, 75), Rim, Cimmerman, Robinson (Morris, 90), Adams, Makkenni (Rayt, 67), Musa, Pulishich, Vea (Aaronson, 67), Ferreyra (Reyna, 46).

Ogohlantirish: Kopmeyners (60), de Yong (87).