../futbol/imagefutbol/20221203_190003_.jpg

Belsa Uragvay termasini boshqarishi mumkin

Argentinalik mutaxassis Marselo Belsa Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Mamlakat futbol federaciyasi 67 yoshli murabbiy terma jamoani 2026 yilda bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatiga olib chiqishiga ishonmoqda. Belsa avval ham terma jamoalarda ustozlik qilgan. U 1998 yildan 2004 yilgacha boshchilik qilgan Argentina jamoasi 2002 yilgi mundialda guruhdan chiqishni eplay olmagan edi. Belsa etakchiligidagi CHili (2007-2010) 2010 yilgi Jahon CHempionatida nim chorak finalga qadar etib borgan edi.

Mutaxassis fevral oyida “Lids”dan istefoga chiqqanidan buyon ishsiz yurgan edi.

Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon Birinchiligida “H” guruhida uchinchi o'rinni egallab musobaqani shu bosqichda tugatdi.