../futbol/imagefutbol/20221125_132302_.jpg

Ronaldu rekordlari haqida gapirdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu JCHlardagi rekordi haqida gapirdi.

U ketma-ket beshinchi jahon chempionatida gol urdi. 

"Beshinchi jahon chempionatimda gol - ajoyib lahzalar. Biz g'alaba qozondik va musobaqani yaxshi boshladik. Juda muhim g'alaba. Bunday musobaqalarda 1-turdagi g'alaba muhim ekanligini bilamiz. 

Va yana bir rekord, ha. Men beshta jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchiman. Bundan g'ururlanaman. Jamoamiz ajoyib futbol ko'rsatganidan xursandman. Og'ir o'yin bo'ldi, ammo biz haqli ravishda g'alabaga erishdik. 

"Manchester Yunayted" bobi yakunlandi. Men asosiy etiborni JCHga qaratganman. Biz yutdik, men jamoamga yordam berdim. Qolgani ahamiyatga ega emas", - dedi 37 yoshli futbolchi.