../futbol/imagefutbol/20221123_082303_.jpg

Messi: "Bahona qilmaymiz"

Argentina termasi hujumchisi Leo Messi JCH-2022 doirasida Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

- VAR haqida nima deya olasiz?

- Bilmadim, VAR haqida boshqalar juda ko'p gapirishdi. Bu shunaqangi qiyin tizim. Nima ham deya olamiz, qarorlar shu tariqa chiqarilmoqda. SHunday qilinyaptimi, demak, barchasi joyida. Bahona qilmaymiz.

- Termangiz futbolchilarini o'yindan keyin qanday ko'rdingiz? Xuddi JCHda debyut qilgandek bo'lishdimi?

- Xuddi ularni o'ldirishgandek bo'lishdi. Og'ir zarba, bunday startni kutmagandik. G'alabaga ishongandik, uch ochko bizni xotirjam qilardi.

Biroq raqiblar boshqalardan ajralib tura oldi. Ular birdam va kuchli o'yin ko'rsatishdi. Biz ham yakdil bo'lib, doimgidanda ko'ra bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak.

O'z g'oyalarimiz asosiga qaytib, mehnat qilib, Meksika to'sig'idan o'ta olishimiz lozim, - dedi Argentina termasi sardori.