../futbol/imagefutbol/20221121_170004_.jpg

Ronaldu "Real"ga qaytishi mumkin

Madrid klubi hujumchisi Karim Benzemaning mashg'ulotlar jarayonida jarohat oldi.

Bu "qirollik klubi" mavsumning qolgan qismi uchun hujum chizig'ini kuchaytirish ehtiyojini tug'dirdi. Franciyalik futbolchining uzoq muddatga safdan chiqishi kutilmayapti. Ammo Benzema oktyabr oyi boshidan buyon davomli jarohati bilan kurashib kelgan va uning tiklanishiga kafolat yo'q. 

"Sport" nashriga ko'ra, Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusidan so'ng "Real" portugaliyalik yulduzga "Old Trafford"dan ketishiga yordam beradigan klub sifatida qaralmoqda. Ronalduning muammosi shundaki, uning maoshini kamdan kam klublar qoplay oladi. MYU Ronaldu bilan aloqalarni uzish uchun uning agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralar olib bormoqda. Angliya klubi futbolchining qolgan maoshi katta qismini to'lamaslikni taminlovchi kelishuvga erishishga intilmoqda. Nashrga ko'ra, aynan shu vaziyatda "Real" ikkala tomonga ham engillik keltirishi mumkin. 

Portugaliyalik yulduzni Madridda sevadiganlar etarlicha ekanini hisobga olib, 37 yoshli futbolchining qisqa muddat jamoada bo'lishi har ikkala tomon uchun mos ko'rinadi.

Biroq "Marca" insayderlari "Real"ning bunday taklif bilan chiqishiga shubha bilan qaramoqda. Buning o'rniga "CHelsi", "Atletiko" va "Napoli" yo'nalishlari to'g'ri bo'lishi mumkin, deyilmoqda.