../futbol/imagefutbol/20221115_174602_.jpg

Kim kuchliroq: O'zbekistonmi yoki Qozog'iston?

SHu savolga javob izlab ko'ramiz va ikki davlatni futbol miqyosida solishtirib chiqamiz.

16 noyabr, chorshanba kuni Toshkentda O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Bu o'yin uzoq vaqtdan beri markaziy osiyolik futbol muxlislarini o'ylantirib kelayotgan savolga javob beradi – kim kuchliroq?

Ayni paytda Championat.asia nashri har ikki davlat futboli qay darajada rivojlanganini o'rganib chiqdi.

Tarkiblar qiymati

Keling, eng aniq narsalardan boshlaylik - masalan, tarkiblarning narxi.

Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi tarkibi 27,2 million evroga teng. Qozog'iston terma jamoasining tarkibi esa 15,7 million evroga baholanmoqda. O'zbekiston terma jamoasining deyarli ikki barobar ustunligi!

O'zbekiston – Qozog'iston – 1:0



Legionerlar soni

Yana bir ko'rsatkich legionerlar soni bilan bog'liq. Xorij chempionatlarida qancha ko'p o'yinchi o'ynasa, terma jamoaning mavqei shunchalik yuqori bo'ladi.

Biz Evropada o'ynayotgan futbolchilarni hisobga oldik. Qozog'istonda ulardan ikkitasi bor - Nurali Alip va Baxtiyor Zaynutdinov. O'zbekistonda Eldor SHomurodov, Hojimat Erkinov, Otabek SHukurov va Bobur Abdixoliqov bor. SHuningdek, yaqin vaqtgacha RPL klublari sharafini himoya qilib kelgan Oston O'runov va ushbu yig'inga malum sabablarga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilmagan Ibrohimxalil Yo'ldoshevni ham qo'shishingiz mumkin. Bunda Qozog'istonda to'p tepayotgan Igor Sergeev haqida gapirmasa ham bo'ladi. Har holda ustunlik yana O'zbekiston tomonida.

O'zbekiston – Qozog'iston – 2:0


FIFA reytingi

To'g'ridan-to'g'ri futbolning rivojlanish darajasini FIFA reytingi ko'rsatadi. O'zbekiston 77-o'rinda – MDH davlatlaridan faqat Ukraina (27) va Rossiya (33) yuqoriroq. Qozog'iston Gruziya (78), Armaniston (93), Qirg'iziston (95) va Belarusni (97) ortda qoldirib, 113-o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston – Qozog'iston – 3:0



Mahalliy chempionat darajasi

Mahalliy chempionat qanchalik rivojlanganligi ham nihoyatda muhim. Eng obektiv mezon - bu ligada ishtirok etayotgan futbolchilarning bahosi.

Bu erda Qozog'iston biroz ustunlikka ega: hozirda QPLda o'ynayotgan futbolchilarning bozor qiymati – 87,5 million evro. O'zbekiston Superligasida esa bu ko'rsatkich biroz pastroq – 81,8 million evro.

O'zbekiston – Qozog'iston – 3:1


Klublarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari

Qozog'iston klublari joriy evrokuboklarda qatnashmayapti. "Qizil-Jar" UEFA Konferenciyalar Ligasi saralashining uchinchi bosqichida Kiprning APOEL jamoasiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, "Tobol" Evropa Ligasi saralashining birinchi bosqichida "Ferencvarosh"ni mag'lub eta olmadi.

O'zbekistonga keladigan bo'lsak, "So'g'diyona" OFK Kubogi yarim finaliga qadar etib borib, "Kuala-Lumpur"ga imkoniyatni boy berdi, "Nasaf" esa Osiyo CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqdi. "Paxtakor" ham qatnashdi, ammo guruh bosqichidayoq musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi.

Albatta, Evropa turnirlari Osiyo turnirlaridan yuqori baholanadi. Biz CHempionlar Ligasi Osiyonikidan ancha kuchli ekanligini tushunamiz. Biroq OCHLni Evropa Ligasi yoki hech bo'lmaganda UEFA Konferenciyalar Ligasi bilan solishtirish mumkin. 

O'zbekiston – Qozog'iston – 4:1


Muxlislar tashrifi

Muxlislarning futbolga qiziqishi ham muhim omil. Bu erda biz chempionat o'yinlariga o'rtacha tashrif kabi ko'rsatkichni baholaymiz.

Transfermarkt malumotlariga ko'ra, 2022 yilgi mavsumda QPL o'yinlariga o'rtacha 3432 kishi tashrif buyurgan. Superligada deyarli bir xil ko'rsatkich bor - 3,425. Farq unchalik katta emas, shuning uchun bu erda har bir jamoaga bir balldan ajratamiz.

O'zbekiston – Qozog'iston – 5:2



Albatta, ko'plab boshqa omillarni hisobga olish kerak, ammo ularning barchasi subektiv bo'ladi. Biz qandaydir raqamli asosga ega bo'lgan narsaga tayandik. Raqamlar, siz bilganingizdek, yolg'on gapirmaydi.

Yakuniy hisob – 5:2, O'zbekiston foydasiga. Keling, chorshanba kuni "Paxtakor" stadioni tablosida qanday hisob bo'lishini tekshirib ko'ramiz.


Nikolay Egorichev