../futbol/imagefutbol/20221102_142503_.jpg

"Aston Villa" Azarni APLga qaytarmoqchi

Premer-liga klubi ajoyib yurishni amalga oshirib, Eden Azarni yulduzga aylantirgan ligaga qayta olib kelmoqchi.

Yanvar oyida 32 yoshga to'ladigan belgiyalik yulduz 2019 yilda 100 mln funt evaziga "Real"ga o'tganidan beri jismoniy holati va formasi uchun kurash olib bordi. 

"Qirollik klubi" tarkibida La Ligada 51 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan futbolchining transferi matbuot tomonidan yaxshi baholanmadi. "CHelsi" sobiq vingerining Madrid klubi bilan shartnomasi tugashiga 18 oy qoldi. 

Xabarlarga ko'ra, Azar yangi yilning ilk oyidayoq jamoasini almashtirishi mumkin. SHu yilning yanvarida Filippe Koutino bilan ajoyib bitim imzolagan "Aston Villa" Eden Azar boradigan navbatdagi manzil sifatida muhokama qilinmoqda. 

Hozirda Unai Emeri boshqaruvida bo'lgan klub futbolchiga o'zi uchun omadli bo'lib chiqmagan "Bernabeu"dan qochish yo'lini taklif qiladi. Murabbiy hujumni uning hisobiga kuchaytirish niyatida.

Eden Azar Qatardagi Jahon chempionatida Belgiya terma jamoasi sardori sifatida ishtirok etadi va bu unga o'zini "reklama qilish" imkonini beradi. U APLga qaytishga qarshi emas. SHuningdek, chempionatning ko'plab jamoalaridan qiziqishlar borligi xabar qilinmoqda.