../futbol/imagefutbol/20221022_192504_.jpg

Ummonning "Al Sib" klubi - OFK Kubogi-2022 g'olibi!

Bugun Kuala-Lumpurdagi Bukit Jalil nomidagi "Milliy" stadionida "Kuala Lumpur" hamda "Al Sib" jamoalari o'rtasida OFK Kubogi final bahsi o'tkazildi.

Unda ummonliklar yirik hisobda g'alaba qozonib, musobaqa g'olibiga aylanishdi. 

"Kuala-Lumpur Siti" (Malayziya) – "Al Sib" (Ummon) 0:3

Bukit Jalil nomidagi "Milliy" stadioni

Gollar: Al Bussaydi 22', Al Muqbali 37', Al G'assani 69'

"Kuala-Lumpur Siti": 1.Kevin Ray Mendosa, 4.Kamol Azizi (25.Anvar Ibrohim, 85), 6.Rayan Lambert (27.Hadin Azman, 71), 7.Romel Morales, 8.Zafri Yaxyo (21.Kenni Pallraj, 90+1), 9.Jankarlo Gallifuoko, 12.Deklan Lambert, 14.Akrom Mahinan, 16.Janasekaran Partiban (37.Bin Rosli, 70), 17.Irfon Zakariya, 28.Paulo Jozue (10.Safi Sali, 90+2).

"Al Sib": 1.Al Ravahi, 5.Juma Al Habsi, 7.Al Yaxyoi (14.Dauda, 75), 9.Al Muqbali (2.Balushi Al Amri, 88), 13.Al Musalami, 16.Al G'assani, 17.Al Bussaydi, 22.Al Ajmi, 27.Al Farsi (24.Al Balushi, 89), 28.Muhammad Said Saud Al Habsi (10.Al Siyabi, 61), 40.Ovolabi.

Ogohlantirishlar: Akrom Mahinan (52), Muhammad Said Saud Al Habsi (55), Jankarlo Gallifuoko (57), Al Siyabi (72), Al Musalami (80), Anvar Ibrohim (88).

Eslatib o'tamiz, mezbonlar final oldidan "So'g'diyona"ni safarda penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etishgandi. "Al Sib" esa "Al Riffa"ni yirik hisobda (4:0) enggan holda finalga yo'l olgan edi.