• Bosh sahifa
  • Futbol
  • Yo'g'e? Muxlislar Qatardagi mehmonxonalarda JCH o'yinlarini televizordan tomosha qila olishmaydi
../futbol/imagefutbol/20221006_190005_.jpg

Yo'g'e? Muxlislar Qatardagi mehmonxonalarda JCH o'yinlarini televizordan tomosha qila olishmaydi

Jahon chempionatiga boradigan ixlosmandlar bahslarni mehmonxonalarda tomosha qilishda qiyinchilikka duch kelishadi.

CHunki ular joylashadigan muassasalar o'yinlarni televizor orqali namoyish qilish uchun ketadigan mablag'ni to'lashga tayyor emas. Tomoshabinlar mundial to'qnashuvlarini qimmat mehmonxonalardagi xonalarida qulay o'rinlarga joylashgan holda jonli kuzata olishmaydi.

Angliyalik muxlislar Jahon chempionatini ko'rish uchun jami 20 ming funt sarflashlariga to'g'ri keladi. Braziliya tarafdorlari uchun esa u biroz ko'proqqa tushadi – 26 ming funt. Lekin ushbu katta miqdordagi mablag' ham televizor orqali ko'rish imkonini bermaydi. 

BeIN Sports teleradiokompaniyasi tomonidan Doha mintaqasidagi mehmonxonalar va majmualarda o'yinlarni namoyish etish uchun 24 ming funt talab qilinmoqda. Ko'plab muassasalar ushbu to'lovni amalga oshirishdan bosh tortishmoqda. 

SHunday bo'lsa-da, efir qoidalariga ko'ra, teleradiokompaniya bazi o'yinlarni bepul ko'rsatishga majbur bo'ladi.