• Bosh sahifa
  • Futbol
  • Montella Balotelli nima uchun Turkiyani tark etganini tushuntirdi
../futbol/imagefutbol/20220928_190005_.jpg

Montella Balotelli nima uchun Turkiyani tark etganini tushuntirdi

Italiyalik SHveycariyaga ko'chib o'tdi.

"Adana Demirspor" bosh murabbiyi Vinchenco Montella hujumchi Mario Balotelli nega Turkiya klubidan ketganini aytib berdi.

"Mario o'tgan mavsumda katta hissa qo'shdi. Biz uning formaga qaytishi va terma jamoaga chaqirilishiga yordam berdik. Yozda u uyga yaqinroq bo'lishni xohladi. "Son"ning taklifi barcha tomonlarni qoniqtirdi, shuning uchun u bilan xayrlashdik. Marioga omad tilayman", – dedi mutaxassis.

Balotelli o'tgan yozda "Demirspor"dan "Son"ga o'tgandi. Transfer summasi 2,6 million evroni tashkil qildi.