../futbol/imagefutbol/20220928_175004_.jpg

AQSH terma jamoasi ustozi JCH-2022 favoritini ajratib ko'rsatdi

Mutaxassis bir jamoaga ustunlik berdi.

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter bo'lajak Jahon chempionati favoriti nomini aytdi.

"O'ylaymanki, Angliya Jahon chempionatining favoritlari qatoriga kiradi, agar asosiy favorit bo'lmasa. Bellingemni hisobga olmaganda, terma jamoaning har bir futbolchisi dunyodagi eng kuchli liga – APLda harakat qiladi. Har hafta o'yinchilari yuqori darajada o'ynashadi va faqat kuchayishadi. Angliya Jahon chempionatining kuchli jamoasi, favoriti bo'ladi", – dedi amerikalik mutaxassis.

AQSH va Angliya JCH-2022 da bir guruhdan joy olgan. Ular bilan birgalikda Eron va Uels terma jamoalari ham to'rtlikdan o'rin egallagan.