• Bosh sahifa
  • Futbol
  • Qatar JCH-2022 uchun 208 mlrd evro sarfladi - bu Rossiyaning 2018 yildagi xarajatidan 17 marta (!) ko'p
../futbol/imagefutbol/20220927_200006_.jpg

Qatar JCH-2022 uchun 208 mlrd evro sarfladi - bu Rossiyaning 2018 yildagi xarajatidan 17 marta (!) ko'p

Qatar bo'lajak mundial uchun 208 mlrd evro sarflab ulugrdi - bu 2018 yilda Rossiyadagi ko'rsatkichdan 17 marta ko'proq.

"The Sun" nashrining xabariga ko'ra, Qatar JCH-2022 uchun 208 mlrd evro atrofidagi mablag'ni sarflab ulgurgan, bu JCH-2018 dagidan 17 marta ko'proq degani. Rossiya o'zi o'tkazgan musobaqa uchun 11,6 mlrd funt (taxminan 13 mlrd evro) ishlatgan.

Solishtirik uchun 2014 yil Braziliya 15 mlrd funt (taxminan 17 mlrd evro), 2010 yil JAR esa 3,6 mlrd funt (taxminan 4 mlrd evro) sarflagan.

Musobaqaning aloqa ishlari bo'yicha direktori Fatma Al-Nuaymi Qatar bu pullarni nimalarga sarflaganini tushuntirib berdi.

"Jahon chempionati Qatarning 2030 yilgacha mo'ljallangan milliy rivojlanish loyihasiga kiritilgan. Bu davlat darajasidagi katta strategiya. Bu orqali shaharlar, sanoat va butun mamlakat bo'ylab xizmat ko'rsatish sohasida o'sish, talim va sog'liqni saqlash tizimi yaxshilanishi rejalashtirilgan.

Ko'p bor JCH bilan birga tilga olinayotgan 200 mlrd dollar (taxminan 208 mlrd evro) aslida milliy rivojlanish strategiyasi va Qatarning rivojlanishidek katta maqsadlarni ko'zlagan ana shu loyihaga tegishlidir.

2022 yil foydalaniladigan katta ko'lamdagi infratuzilma obektlari, misol uchun yo'llar, metro, aeroport, mehmonxonalar va boshqa ko'plab turistik obektlar biz JCHni o'tkazish huquqini qo'lga kiritishimizdan avval rejalashtirib bo'lingandi", – dedi Al-Nuaymi.