../futbol/imagefutbol/20220922_192503_.jpg

Ronaldino: "Barselona" cho'qqiga qaytishga tayyor"

"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Ronaldino Kataloniya klubi haqida fikr bildirdi.

- "Barselona"da ajoyib murabbiy va fantastik futbolchilar bor, ko'pi yangilar. Jamoada ko'p yosh o'yinchilar ham mavjud. "Barselona"da yana cho'qqiga qaytish uchun barcha narsa bor, — dedi Ronaldino Mundo Deportivo nashriga.