../futbol/imagefutbol/20220922_175004_.jpg

Buskets AQSHga yo'l oladi

"Barselona" yarimhimoyachisi Serxio Buskets faoliyatini MLSda davom ettiradi.

34 yoshli futbolchi shartnomasi yakunlanganidan so'ng nima qilishi borasida aniq qarorga kelib bo'lgan. Buskets 2022/23 yilgi mavsumni LaLigada o'tkazadi va shundan so'ng "Inter Mayami" tarkibiga borib qo'shiladi. 

Serxio hamon "ko'k-anorranglilar"ning muhim o'yinchilaridan biri hisoblanadi. U joriy mavsumda 5 ta o'yinda maydonda ko'rinish berdi. Klub uni 2024 yilga qadar "Kamp Nou"da olib qolishga harakat qiladi. Agar Kataloniya klubi uni ko'ndiri olsa, 2008 yilda "Barsa"da debyut qilgan futbolchi 16 yil jamoasiga yordam bergan bo'ladi. SHunga qaramay, Buskets Qo'shma SHtatlar klubidan uzoq yillik shartnoma kutmoqda.