../futbol/imagefutbol/20220922_162503_.jpg

Pochettino rad etgan o'ringa Skott Parker kelishi mumkin

Franciyaning “Nicca” klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash uchun harakatlarida davom etadi.

Liga 1 vakili ayni damda bir qancha variantlarni o'rganib chiqmoqda. Klub sport direktori Mudi avgust oyida “Bornmut”dan istefoga chiqarilgan 41 yoshli mutaxassisni tanlovlardan biri sifatida ko'rmoqda. 

Avvalroq agentinalik Maurisio Pochettino Franciyaga qaytishdan bosh tortgan edi. Parker murabbiylik faoliyati davomida Angliya Premer-ligasining “Bornmut” va “Fulhem” jamoalarida ishlagan.