• Bosh sahifa
  • Futbol
  • 2016 yilgi Evropa chempioni kutilmaganda Portugaliya termasidagi faoliyati tugaganini malum qildi
../futbol/imagefutbol/20220920_195003_.jpg

2016 yilgi Evropa chempioni kutilmaganda Portugaliya termasidagi faoliyati tugaganini malum qildi

Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Rafa Silva Portugaliya terma jamoasidan ketishga qaror qildi.

"Men Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush va Portugaliya futbol federaciyasi rahbariyatini boshqa terma jamoada o'ynamasligim haqida xabardor qildim. O'ylaymanki, to'g'ri qaror qabul qildim. Hammadan shaxsiy sabablarni hurmat qilishini so'ragan bo'lardim", – dedi futbolchi o'z bayonotida.

29 yoshli Silva Portugaliya termasida 2014 yildan buyon to'p tepib keladi. U terma jamoa safida jami 25 ta o'yin o'tkazgan bo'lib, 2016 yilgi Evropa chempioni, Millatlar Ligasining 2018/2019 yilgi mavsumi g'olibi sanaladi.