../futbol/imagefutbol/20220917_190004_.jpg

"Real"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi malum qilindi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoasining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

SHu munosabat bilan futbolchi maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

"Mavsum boshlanganidan beri o'zimni juda yaxshi his qilyapman va bundan xursandman. Bu mavsum o'tgan mavsumdagidek yoki undan ham yaxshiroq bo'lishini xohlayman. Men murabbiyning ishonchiga egaman va har kuni o'sishda davom etish uchun astoydil harakat qilaman", – dedi yosh braziliyalik.

22 yoshli futbolchi o'tgan oy 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.