• Bosh sahifa
  • Futbol
  • Messi, Neymar, Mbappe "Makkabi" bilan o'yin uchun necha bahoga loyiq ko'rildi?
../futbol/imagefutbol/20220915_195004_.jpg

Messi, Neymar, Mbappe "Makkabi" bilan o'yin uchun necha bahoga loyiq ko'rildi?

UEFA Kilian Mbappeni o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.

Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe PSJ safida Xayfaning "Makkabi"siga (3:1) qarshi o'yinda eng yaxshi bahoni oldi. Messi, Neymar va Mbappe mavjud 10 balldan 7 ball to'pladi. Ular bittadan gol urdi, shuningdek, argentinalik futbolchi golli uzatmani amalga oshirdi.

Yarim himoyachi Vitinya va darvozabon Janluiji Donnarumma 6 balldan, xavbek Marko Verratti va himoyachi Danilo Pereyra 5 ochkodan qo'lga kiritdi. Himoyachilar Nunu Mendesh va Markinosning o'yini 4 ochkodan baholangan bo'lsa, Nordi Mukiele va Serxio Ramos 3 ochkodan jamg'argan.

Kilian Mbappe g'alaba golini urgani uchun UEFA talqinida eng yaxshi futbolchi deb topildi.