../futbol/imagefutbol/20220910_185004_.jpg

Qatarda JCH-2022 finali bo'lib o'tadigan stadion ochildi

2022 yilgi Jahon chempionatini qabul qiladigan Qatardagi "Lusail" stadioni rasman ochib berildi.

Bu haqda chempionat tashkiliy qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Stadion 80 000 muxlisni sig'dira oladi.

Ushbu arenadagi Jahon chempionatining ilk uchrashuvida Argentina va Saudiya Arabistoni terma jamoasi o'rtasidagi bahs 22 noyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Jahon chempionati finali esa 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.